Sherzod Akmal akadan katta pulga qarz bo'lib qoladi. U mashinasini sotib, uyini garovga qo'yib qarzini to'laydi. Akmal akaning o'g'li sho'x, betayin bola.
Sadoqatning otasiga shifokor do'sti Po'lat 3 oy umri qolganligini aytadi. Shundan keyin, u o'limidan oldin qizini uzatmoqchi bo'ladi. Bir kuni u bozorda bir aravakashni ko'rib yoqtirib qoladi, va u qizini o'sha bolaga bermoqchi bo'ladi
Qudrat omadsiz bo'lib, ishdan ham haydaladi, sevgan qiziga ham boshqa ko'z olaytiradi. Uning buvasi tushiga kirib, umrini hisobiga pul, mansab, mashina olishi mumkinligini aytadi.
Polvon shaxarga ishlagani keladi. U kattaligidan ko'p ovqat yeydi, kravat ham ko'tarmaydi. Birinchi u Qobil akani uyida turadi va haydaladi. Keyin u mardikorlik qiladi va ko'p yeganidan qarz bo'lib qoladi. Zulfiqor uni qarzlarini to'lab, olib ketadi.
Mohina nikohsiz tug'ilganligi uchun uni ota-onasi bolalar uyiga tashlab ketishadi. Uni bir bepusht erkak saqlab olib, katta qiladi. U odamni xotini va o'g'li mohinani uyga sig'dirmaydi.