Tesha Mo'minov

Tesha Mo'minov
25-Noyabr 1949, Buxoroda tavallud topgan

71 yoshda



Rasmiy sahifalari:
Mo'minov Tesha Xusainovich (1949 yil 25 noyabr kuni Buxoro viloyatida tug'ilgan)- O'zbekiston xalq artisti (1992). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1970). 1968 yildan hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori. 1993-1996 yillar Madaniyat ishlari vazirining o'rinbosari. «Ajal minorasi» (A.Dyuma)dagi Orsiniy Mo'minovning sahnada yaratgan ilk yirik obrazidir. Teatr sahnasida Devona (M.Karim, «Oy tutilgan tunda»), G'ofir (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Yo'lchi (Oybek, «Kutlug' qon»), Koriolon (U.Shekspir, «Koriolon»), Qor odam (T.Yunusov, «Qor odam»), Shayton (S.Imomov, «Shayton va farishta »), Shox Ma'mun (X.Rasul, «Piri Koinot»), Shpigelberg, Grimm (F.Shiller, «Karokchilar»), Piri zindoniy (M.Shayxzoda, «M.Ulug'bek»), Turdivoy (Uyg'un, I.Sulton, «A.Navoiy»), Soxibqiron (A.Oripov, «Soxibqiron Amir Temur»), Jo'ra Azim («Bir qadam yo'l») kabi ro'llari bilan tanildi. M.Kinoda (Komil, «Kelinlar qo'zgoloni»da; Nurmuxammad, Qushbegi «O'tgan kunlar»da; rais, «Yolg'iz yodgorim»da va boshqalar), video va televizion filmlarda (Yo'lchi, «Qutlug' qon»da; Saltabadil, «Kirolning dil xushi»da; Sherzod Samandarov, «Nur borki, soya bor»da va boshqalar) ham ko'plab obrazlar yaratgan. Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).(O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 6tom)

Tesha Mo'minov kinolari

2017Onasini erkasi ...
2013Bevalar ... "Letenant Pardayev tog'asi"
2009Achchiq hayot ... "Ubaydulla aka"
1998Kichkina tabib ...

Tesha Mo'minov

Tesha Mo'minov
Tesha Mo'minov


! Agar ushbu sahifaga o`zgartirish kiritishni yoki qo`shimcha ma`lumot qo`shishni istasangiz, bizga habar yuboring


UZ
https://buluteka.com/i/112/tesha-mominov