To'ti Yusupova

To'ti Yusupova
10-Mart 1936, Samarqandda tavallud topgan

85 yoshda



Rasmiy sahifalari:
Yusupova To’ti (1936.10.03 samarqand) - O’zbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1957). 1957 yildan hoz. O’zbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi. Hafiza (A.Qahhor, «Shohi so’zana»), Sonya (A.Chexov, «Vanya tog’a»), Qorasoch (Uyg’un, «Shubha»), Hojar (A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), Nuri (Oybek, «Qutlug’ qon»), Ona (E' Robles, «O’limdan kuchli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Shafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (O’. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni»), Fotima, Zebi (O’.Umarbekov, «Shoshma quyosh», «Qiyomat qarz»), Nodira (T.To’la, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qaqramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy go’zallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan ta'minlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yusupova To’ti ijodiga xos. «Qalliq o’yin» (Qizbibi), «Eski zamon hangomalari» (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan.

To'ti Yusupova kinolari

2017Nazira ... "Rajab momo"
2015Taqdir o'yini ...
2015Demak sevasan ... "Buvijon"
2013Xazina operatsiyasi ... "Aka ukalarning onasi"
2013Qudamni ko'rmadingizmi ... "O'tkirning onasi"
2010Gulim ...
2010Oyijon ... "Akbarning onasi"
2008Shabnam ... "Boburning buvisi"
2007Kichkina odamlar ... "Marhamat"
1991Abdullajon ... "Holida"

To'ti Yusupova ko`rsatuvlari

2018Eslab ... "O'zbekiston xalq artisti"

To'ti Yusupova

To'ti Yusupova
To'ti Yusupova
To'ti Yusupova


! Agar ushbu sahifaga o`zgartirish kiritishni yoki qo`shimcha ma`lumot qo`shishni istasangiz, bizga habar yuboring


UZ
https://buluteka.com/i/13/toti-yusupova