Ubaydulla Omon

Ubaydulla Omon
31-Oktabr 1948, Buxoroda tavallud topgan

72 yoshda



Rasmiy sahifalari:
O'zbekiston xalq artisti. Aktyor va rejissyor Ubaydulla Baqoyev (Ubaydulla Omon) 1948 yil 31 oktyabrda Buxoroda tug'ilgan. Uning sahnadagi ilk qadamlari 1962 yil Buxorodagi Sadriddin Ayniy nomli viloyat teatrida ommaviy sahnalarda ijro etgan rollaridan boshlangan. So'ng poytaxtdagi “Yosh gvardiya” teatrida qator spektakllar sahnalashtirgan. Ular orasida tomoshabinlar tomonidan qizg'in qabul qilingan yozuvchi Shuhratning “Besh kunlik kuyov” asari 700 marta qo'yilgan. Taqdir taqozosi bilan 1972 yili Buxoro teatriga qaytib, hozirga qadar “Revizor”, “Nomus”, “Arshin mololon”, “Ibn Sino” , “Gamlet”, “Abulfayzxon” kabi 50 ga yaqin spektakllarni sahnalashtirdi. Kinodagi birinchi roli 1969 yili rejissyor Anatoliy Qobulov tomonidan suratga olingan “Bahor yomg'irlari” filmidagi bosh qahramon Samig' obrazi bo'ldi. Oxirgi besh yil davomida esa “Sarvinoz” , “Fotima va Zuhra”, “Telba” , “Faryod”, “Tavba” kabi 20 ga yaqin filmlarda turli obrazlar yaratib, muxlislar mehriga sazovor bo'ldi. Ubaydullo Omon tojik kinochilarining “Shahrizodaning so'nggi tuni”, “Qilich va ko'z yoshlar”, rossiyalik kinochilarning “Rodina jdyot”, “Platina” va amerikalik kinochilarning “Umar Xayyom” filmlarida qator obrazlar talqin etgan keng qamrovli ijodkordir. Toshkent teatr va rassomlik institutini 1971 yili, Moskvadagi kinomatografiya institutini 1996 yili bitirgach, Leningrad katta dramatik teatri qoshidagi Georgiy Tovstonogov ijodiy laboratoriyasida to'rt yil tahsil olib, yetuk mutaxassis bo'lib yetishgan. O'zbek kinosi 84 yillik faoliyati davomida shakllanib, milliy madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylandi. Shu o'tgan davrda o'zbek kinosini dunyoga tanitgan, nafaqat iqtidori, balki dunyoqarashi, fikrlashi, asar yaratish uslubi, taqdiri bilan bir-biridan farq qiladigan taniqli kinoarboblar, aktyorlar yetishib chiqdi. O'zbek kinosining omadli va qobiliyatli san'atkorlardan biri o'z ishining mohir ustasi, ayniqsa, oxirgi yillarda nafaqat o'zbek, balki qator xorij filmlarida unutilmas va qiziqarli obrazlar yaratib, tomoshabinlarning mehriga sazovor bo'lgan mehnatsevar ijodkordir.

Ubaydulla Omon kinolari

2018Namaste muhabbat ... "Shohruxning bobosi"
2018Vasiyat ...
2017Kulba ... "Sulaymon ota"
2016Sevgi sotilmas ... "Sadoqatning otasi"
2015Baxt ortidagi dard ... "Bog'bon"
2013Zamonaviy sovchilar 3 ... "Po'lat aka"
2012Oqpadar ...
20107 Xaykal 1 ta kal ... "O'tkir aka"
2010Majruh ... "Dilmurod Qodirovich"
2010Omad ... "Omad"
2009Ichkuyov ... "Shohruh aka"
2009Tashlandiq ... "Rektor"
2009Poyma-poy ... "Shohruhning otasi"
2008Telba ... "Robiya otasi"
2006Sug'diyona ... "shifokor psihiatr"
2005Fotima va Zuhra ... "Abdulla aka"
2005Sarvinoz 2 - Baxt uchun million ... "Ilhom Abrorovich"
2004Sarvinoz ... "Ilhom aka"
2004Romeo va Julietta ... "Abbos"

Ubaydulla Omon

Ubaydulla Omon
Ubaydulla Omon
Ubaydulla Omon
Ubaydulla Omon


! Agar ushbu sahifaga o`zgartirish kiritishni yoki qo`shimcha ma`lumot qo`shishni istasangiz, bizga habar yuboring


UZ
https://buluteka.com/i/16/ubaydulla-omon