Otabek Mahkamov

Otabek Mahkamov
05-Sentabr 1984, Farg'onada tavallud topgan

37 yoshda



Rasmiy sahifalari:
Oʻzbek kino aktyori va huquqshunosi. Mahkamov bir necha oʻzbek filmlaridagi yordamchi rollari bilan eʼtibor qozongan. Mahkamov odatda salbiy rollarni oʻynaydi. U yana oʻzbek qoʻshiqchilarning bir necha klipida ham rol oʻynagan, jumladan, Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida.

Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi.

2015-yil Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri, taʼlimi va qobiliyatlari haqda har xil va yolgʻon maʼlumotlarni berib borishi oshkor boʻldi. Bu haqda ilk maqola 2015-yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida boʻlgan „Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi. Bir oydan keyin Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi. Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi, lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi bildirildi.

Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi. Ammo u oʻzi haqda jurnalistlarga bergan qarama-qarshi maʼlumotlarni izohlab berishdan bosh tortdi va „Siz aytayotgan mish-mishda ... asos yoʻq!“, deyish bilan cheklandi.

Otabek Mahkamov kinolari

2016Daydi ...
2016Yolg'izlar ... "Odil"
2015Yuragim seniki ...
2015Baxt ortidagi dard ...
2015Qizalog'im ... "Otabek Mahkamov"
2015Farhod va Shirin ...
2015Taqdir o'yini ... "Otabek"
20157 olam ...
2015Uring jonim, uring ... "Shuxrat Sharipovich"
2015Qochqin ... "Komil"
2015Seni deb ... "Nurmuhammad"
2014Gunoh ... "Laziz"
2014Nafrat ...
2014Bezabonim ... "Akbar"
2014Bir haftalik xo'jayin ... "shifokor"
2014Ko'rgim keladi ...
2014Rashk ...
2013Fotima ... "Ahad Asadovich", yurist maslahatchi
2013Soddagina qiz ... "Sudya"
2012O'jar kelin ...
2012Bo'rilar 3 - Oxirgi qarz ... "Qudratov"
2012Bardosh ...
2012Men yulduzman ... "Dilshod"
2012Koreyalik kelin ...
2012Oqpadar ...
2011Yondiradi kuydiradi ...
2010Majruh ...

Otabek Mahkamov ko`rsatuvlari

2018Xafa bo'lish yo'q ...

Otabek Mahkamov seriallari

Fitna ...

Otabek Mahkamov

Otabek Mahkamov


! Agar ushbu sahifaga o`zgartirish kiritishni yoki qo`shimcha ma`lumot qo`shishni istasangiz, bizga habar yuboring


UZ
https://buluteka.com/i/326/otabek-mahkamov