Erkin Komilov

Erkin Komilov
20-Iyul 1946, Andijonda tavallud topgan

75 yoshda



Rasmiy sahifalari:
Oʻzbekiston halq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1968). 1966 yildan Hamza teatrida aktyor. Eng yaxshi rollari: Qilichbek ("Oltin devor"), Qobiljon ("Samandar"), Ibn Sino ("Beruniy"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Jevakin ("Uylanish"), Glumov ("Har toʻkisda bir ayb"), Myasnikov ("Qatagʻon"), al-Zokir ("Piri Koinot"), Boyazit ("Sohibqiron Timur"), Ikrom ("Ufq"), Albeni ("Qirol Lir"), Abulfayzxon ("Abulfayzxon"), Ortiq ("Noyob nusxa"), Mannon Uygʻur ("Tomosha davom etadi"), Garrison ("Yetti faryod") va boshqa Yaratgan obrazlariga oʻziga xos rang berib, harakterlarning ishonchli chiqishiga erishadi. Rol oʻynashda yaxshilik, tabiiylik, qahramonning hissiyot va kechinmalarini murakkab majmuini bera olish, aktyor siyratidagi jilovlangan kuch, ziyolilik, ichki madaniyatning joʻsh urishi K. ijodiga xos.

K. kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Begimqul ("Yuzsiz"), Yoʻldosh ("Sevgi"), Muslim ("Oʻtgan kunlar"), Valixoʻja eshon ("Amirning hufiyona yurishi"), Hurram ("Tilla bola"), Boyazid Yildirim ("Amir Timur"), Qurbonov ("Uchishga ruxsat eting"), Dovjenko kinostudiyasida "Yulduz shuʼlasi" filmida Ergash Sobirov va boshqa Video va telefilmlarda Aziz Qosimov ("Girdob"), Sultonmurod ("Alisher Navoiy"), Haydar ("Diyonat"), Abdurahim Saidov ("Yoz yomgʻiri"), Charlz Forister ("Qora karvon"), Bachana ("Abadiyat qonuni"), Abdujabbor ("Qora koʻzlar"), Mayor Salihov ("Soʻnggi oʻq"), Haydar (Kesak polvon) ("Shaytanat"), Shokir ota ("Yettinchi falakdan kelgan ovoz") kabi rollar ijro etgan. "Otalar soʻzi—aqlning koʻzi" koʻrsatuvida 100 dan ortiq rol oʻynagan, 500 dan ortiq film (ayniqsa, multfilm, ertak-filmlar)ni dublyaj qilishda qatnashgan

Erkin Komilov kinolari

2017Bir o'pichning bahosi ... "Soliya ammaning eri"
2014Yo'qotilgan vaqt ... "Jinlar sardori"
2012O'gay ona ... "Sarvinoz otasi"
2010Ulfatlar Tailandda ... "Temir"
2010Firibgar ...
2009So'nggi lahza ...
2008Ulfatlar 2 ... "Temir"
2005Sarvinoz 2 - Baxt uchun million ... "Normat aka"
2005Ulfatlar ... "Temir"
2004Afandi va Azroil ... "Podishox"

Erkin Komilov ko`rsatuvlari

2018Eslab ... "aktyor"

Erkin Komilov seriallari

1998Shaytanat ... "Haydar"

! Agar ushbu sahifaga o`zgartirish kiritishni yoki qo`shimcha ma`lumot qo`shishni istasangiz, bizga habar yuboring


UZ
https://buluteka.com/i/490/erkin-komilov