Samandar Hamroqulov

Samandar Hamroqulov
23-Dekabr 1978, Namanganda tavallud topgan

42 yoshda



Rasmiy sahifalari:
1978-yil 23-dekabr kuni Namangan viloyatining Namangan shahrida, san'atkor va qiziqchi Rustam Hamroqulovlar oilasida tavallud topdi. U Farobiy nomidagi 2-maktabga boradi. Maktabda o'qib yurgan vaqtlarida ustoz san'atkorlar qo'shiqlarini hirgoyi qilib kuylab yurardi. Maktabdan so'ng Toshkent Davlat San'at institutining "Musiqali drama" fakultetini tamomlaydi. Samandarning ilk ijodidagi "Sevgi fazosi" qo'shig'i xit darajasiga yetdi. So'ng "Asalim go'zal", "Samandar tangosi" hamda 2002-yilda suratga olingan Rustam Sa'diyevning "Muhabbat sinovlari" filmiga ishlangan "Sen o'zing" soundtrekni juda ham ommalishib, xit tarona darajasiga yetdi. Xonanda nafaqat qo'shiqchi, balki u kinofilmlarda bir-biridan ajoyib rollarnin ijro etadi. Xurshid Do'stmuxammad asari asosida Sobir Dadamuhamedov suratga olgan "Chayon gul", "Muhabbat sinovlari-1" va "Muhabbat sinovlari-2" filmlarida bosh rolni ijro etdi. Bundan tashqari rejissyor Jahongir Qosimovning "Taqdir", "To'da", Axad Farmonovning "Muhabbatimsan" va Zebo Navro'zovaning "Yarim baxt" filmlarida ham bosh rollarni a'lo darajada ijro etib kelgan. Samandar Hamroqulov bir qancha mukofotlarni ham qo'lga kiritgan. 2002-yil "Tarona" mukofotida "Musiqada yil yangiligi", 2003-yil "Nihol" mukofoti sovrindori, 2004-yilda esa yana "Tarona" mukofotining "Yil qo'shiqchisi" va albatta 2007-yilda O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist mukofotlari bilan taqdirlandi.

Samandar Hamroqulov kinolari

2014Salom gruppadagilar ... texnik xodim
2004Muhabbat Sinovlari 2 ... "Bobur"
2002Muhabbat Sinovlari ... "Bobur"

Samandar Hamroqulov ko`rsatuvlari

The Cover up ...

Samandar Hamroqulov

Samandar Hamroqulov
Samandar Hamroqulov
Samandar Hamroqulov
Samandar Hamroqulov


! Agar ushbu sahifaga o`zgartirish kiritishni yoki qo`shimcha ma`lumot qo`shishni istasangiz, bizga habar yuboring


UZ
https://buluteka.com/i/5/samandar-hamroqulov